Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

TADBIRKORLARNING TAKLIF VA MUAMMOLARI ESHITILDI

TADBIRKORLARNING TAKLIF VA MUAMMOLARI ESHITILDI

 

Samarqand shahrida viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan kichik va o‘rta biznes vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.

      Tadbirda dastlab mutasaddilar kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun mavjud bo‘lgan soliq imtiyozlari, preferensiyalar hamda ular bilan bog‘liq yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berdilar.  Xususan, joriy yil 26-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan kiritilgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalar tadbirkorlarga tushuntirib o‘tildi.

       Muloqot chog‘ida soliq imtiyozlaridan foydalanish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish hamda hisobotlarni taqdim etish, markirovkalash, onlaynnazorat kassa mashinasiga qo‘shimcha qulayliklar yuklash  kabi taklif va masalalar tinglanib, muhokama etildi.

      Tadbir davomida bildirilgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Muddat talab qiladigan masalalar esa belgilangan tartibda nazoratga olindi.

     Davlat rahbari topshirig‘i asosida Samarqand viloyatida bu kabi ochiq muloqotlar tizimli ravishda o‘tkazib borilmoqda.

 

 
 
18-Avgust, 2025-yil 10:53 |