TABIIY GAZDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATLARIGA CHEK QO'YILMOQDA
Keyingi paytlarda havo haroratining keskin pasayib ketishi Samarqand shTabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo'yilmoqdaahri aholisining tabiiy gazga bo‘lgan talabini oshirdi. Biroq gaz bosimining pastligi sababli aholini to‘liq tabiiy gaz bilan ta’minlashda muammolar yuzaga kelmoqda. Qolaversa, bu asosiy sabab emas. Ya’ni bunday vaziyatda ayrim iste’molchilar o‘zboshimchalik bilan noqonuniy gaz tortish nasoslari o‘rnatishi gaz tizimining gidravlikasini (bosimni bir me’yorda ushlash) buzilishiga va belgilangan hududlarga gaz yetib bormasligiga olib kelyapti.
Bunday holatlarga barham berish hamda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotganlarni aniqlash maqsadida Samarqand shahar hokimligi tomonidan tuzilgan maxsus ishchi guruh tegishli o'rganishlar o'tkazmoqda.
Fuqarolarimizdan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanmasliklarini so'raymiz.