Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

🧠 SUN’IY INTELLEKT — IMKONIYAT VA MAS’ULIYAT!

🧠 Sun’iy intellekt — imkoniyat va mas’uliyat!

Samarqand shahar hokimligi xodimlari uchun navbatdagi Siyosiy-ma’rifat soati “SAMIT GLOBAL INS” IT va sun’iy intellekt texnologiyalari o‘quv markazida bo‘ldi.

Jamoa o‘quv markazining faoliyati, u yerda yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek, davlat xizmatchilari va markaz o‘quvchilari ishtirokida sun’iy intellektning ahamiyati, bu sohadagi yangiliklar va yaratilayotgan dasturlar haqida amaliy o‘quv darsi o‘tkazildi. Mutaxassislar ishtirokchilarga so‘ngi yillarda yurtimizda IT va sun’iy intellekt yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

Uchrashuv yakunida shahar hokimligi jamoasi kelgusida o‘quv markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va davlat xizmatchilari bilimlarini bu yo‘nalishda yanada boyitish bo‘yicha kelishib oldi.
 

 
 
10-Oktabr, 2025-yil 14:54 |