“SOG‘LOM TANDA – SIFATLI TA’LIM”
Samarqand shahar hokimligi, shahar xalq ta’limi bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi shahar bo'limi hamda ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi shahar bo‘linmasi hamkorlikda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar o‘rtasida “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida sport musobaqasing 2-bosqichiga start berildi.
1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining sport maydonida ushbu musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o’tdi.
Sport musobaqasining ochilish marosimida viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Xurshid Ochilov, hamkor tashkilot rahbarlari hamda shahar XTB mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ishtirokchilar mini-futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va voleybol kabi sport turlari bo‘yicha musobaqada ishtirok etishmoqda.
3-Mart, 2023-yil 13:54 |