SIYOSIY-MA’RIFAT SOATIDA “MAROMIYLIK” DASTURIGA HAM TO‘XTALINDI
Samarqand shahar hokimligida navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari A.Qodirov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand shahar bo‘linmasi rahbari N.Sadinova, shuningdek, “Nuroniy” jamg‘armasi shahar bo‘limi raisi X.Nurullayev davlat xizmatchilari o‘rtasida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, “Maromiylik” dasturining mazmun-mohiyati va undan kelib chiqadigan vazifalar haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Tadbir davomida davlat xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar doirasida yozuvchi Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” asari taqdimoti ham o‘tkazildi.
Shu bilan birga, yakunda har juma kuni namoyish etiladigan siyosiy-ma’rifat soatining navbatdagi soni taqdim etildi.
Yangiliklar
14-Noyabr, 2025-yil
13-Noyabr, 2025-yil