SHIRIN SHAHARCHASI: TALABALAR UCHUN AMALIY TAJRIBA MAYDONI
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti birinchi-ikkinchi kurs talabalari Shirin shaharchasining master rejasi bilan tanishdilar. Ular shaharchaning mutaxassislari bilan uchrashib, zamonaviy shaharsozlik yo‘nalishlari va innovatsiyalarni amaliy jihatdan o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shirin shaharchasining rivojlanish rejalari, zamonaviy arxitektura yechimlari, ekologik barqarorlik tamoyillari va innovasion qurilish texnologiyalari haqida talabalarga mufassal ma’lumot berildi.
Talabalar ushbu jarayonda shaharsozlik bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, amaliy jihatlar bo‘yicha tushunchalarini boyitishdi.
SamDAQU rahbariyati Shirin shaharchasi direksiyasiga talabalarga amaliy imkoniyat yaratib berilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Hamkorlik memorandumi doirasida talabalar kelajakda ham bunday amaliy tajriba va ilmiy izlanishlarda ishtirok etishi uchun yangi loyihalar rejalashtirilmoqda.