SHAXSIY E’LONLAR HAM DAVLAT TILIDA BO‘LISHI LOZIM.
Ishchi guruhning navbatdagi o‘rganish ishlari joriy yilning 19-20-avgust kunlari Shobod, S.Ayniy ko‘chalarida shaxsiy e’lonlarni qonun talabiga mosligi o‘rganildi.
O‘rganish natijasida fuqorolar shaxsiy e’lonlarini o‘zboshimchalik bilan belgilanmagan joylarga rus va ingiliz tilida o‘rnatganligi uchun “Davlat tili haqida”gi qonun talablariga zid bo‘lgan 50 dan ortiq targ‘ibot vositalari Ishchi guruhi tomonidan joyida bartaraf etilib, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli ogohlantirishlar berildi.
Hurmatli fiqorolar, “Davlat tili haqida”gi Qonunni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishingiz mumkinligi haqida ogohlantiradi. Shaxsiy e’lonlarni joylashtirishda qonun talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.