SHAHRIMIZ AHOLISI DIQQATIGA!
Bugungi kunda shahar infratuzulmasini yaxshilash maqsadida yo‘llarda qazish va ta’mirlash ishlari olib boriliyotganligi yo‘lovchilarga noqulayliklar tug‘diriyotgani haqida ijtimoiy tarmoq va murojaatlarda aytib o‘tilmoqda.
Ushbularni inobatga olib, Samarqand shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan yo‘llarni ta’mirlash, suv, gaz, elektr va kanalizatsiya tarmog‘ini tortish uchun ruxsat berilgan hamda vaqtinchalik harakatlar cheklanadigan ko‘chalar to‘g‘risida ogohlantirib boramiz.
Ayni paytda maxsus ruxsatnoma asosida AMIR TEMUR, M. QASHGʻORIY, PUSHKIN, B. YALANGTUSH, H. BOYQARO ko‘chalarida ta’mirlash va suv tarmoqlarini tortish ishlari olib borilmoqda!
Navbati bilan ishlar yakunlanishi va ko‘chalarda harakat tiklanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi!
Ruxsatsiz va o‘zboshimchalik bilan ko‘cha va yo‘laklarda qazish ishlarini olib borilishiga yo‘l qo‘yilmaydi!