SHAHARDAGI MAKTAB O‘QUVCHISI XALQARO TANLOV G‘OLIBI

Ispaniyaning Lloret-de-Mar shahrida bo‘lib o‘tgan “Sea Sun Festival” ("Dengiz, quyosh, festival") nomli xalqaro festival-tanlovda o‘zbekistonlik yosh rassomlar munosib ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘ldi.
Xalqaro festival-tanlovda Ispaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Kanada va Osiyo mamlakatlari madaniyat arboblari hakamlar ha’atidan joy olgan.
Festival-tanlovda AQSH, Bolgariya, Ozarbayjon, Gruziya, Slovakiya, Litva, Qozog‘iston kabi 60 dan ortiq davlatdan ko‘plab iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi.
Mazkur ijodiy bellashuvda Samarqand shahridagi 12-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Shohruxxon Ablayarov amaliy san’at yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
6-May, 2025-yil 13:24 |
Yangiliklar
Muammoga Yеchim - Fuqaroga E’Tibori
7-May, 2025-yil
Ayrim Hududlarda Ichimlik Suvi Vaqtincha To‘Xtatiladii
6-May, 2025-yil
Shahardagi Maktab O‘Quvchisi Xalqaro Tanlov G‘Olibii
6-May, 2025-yil