SHAHARDAGI MAKTAB O‘QUVCHISI TOP–100 TALIKKA KIRUVCHI UNIVERSITETLARGA O‘QISHGA QABUL QILINDI
Samarqand shahridagi 81-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Nigina Sunnatullayeva xalqaro miqyosdagi katta yutuqqa erishdi.
U dunyoning eng nufuzli, TOP–100 talikka kiruvchi universitetlarga o‘qishga qabul qilindi.
Jumladan, Nigina quyidagi Russell Group tarkibiga kiruvchi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan Conditional Offer (shartli qabul) xatlarini qo‘lga kiritdi:
University of Birmingham
University of Glasgow
University of Sheffield
University of Leeds
Qabul xatlariga ko‘ra, u Foundation Year dasturi orqali ijtimoiy fanlar, biznes va gumanitar yo‘nalishlarda tahsil olib, keyinchalik Sociology, Criminology, Politics kabi bakalavriat dasturlarida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Nigina Sunnatullayevani ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklab, unga kelgusi o‘qish va hayot yo‘lida yanada ulkan zafarlar tilaymiz.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
Yangiliklar
3-Fevral, 2026-yil
3-Fevral, 2026-yil
3-Fevral, 2026-yil
3-Fevral, 2026-yil