Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SHAHARDAGI AVTOBUS BEKATLARINING 80 FOIZIGA TO‘LOV TERMINALLARI O‘RNATILDI

Shahardagi avtobus bekatlarining 80 foiziga to‘lov terminallari o‘rnatildi

 

Samarqand shahar jamoat transportida to‘lov tizimi to‘liq naqd pulsiz shaklga o‘tishi haqida xabar berib kelmoqdamiz. Bu yo‘lovchilarga qulay va zamonaviy xizmat ko‘rsatish yo‘lidagi muhim qadamdir. 

Hozirgi vaqtda, shahar avtobus bekatlarining 80 foiziga to‘lov terminallari o‘rnatildi. Agar sizda ATTO transport kartasi yoki bank plastik kartalari mavjud bo‘lsa, bir martalik chipta xarid qilish shart emas. 

Bugungi kunda yo‘lovchilarga transport kartalari, bank kartalari orqali, mobil ilovalar yordamida to‘lov qilish kabi zamonaviy usullar  taqdim etilgan.

Hurmatli yo‘lovchilar! Jamoat transportida elektron to‘lov usulini tanlash orqali ham naqdingizni, ham vaqtingizni tejang!

 
 
4-Noyabr, 2025-yil 16:34 |