Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SHAHARDA YOSHLAR BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Shaharda yoshlar bilan ishlash masalalari muhokama qilindi

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov hamda mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirokda “og‘ir toifadagi” va “otaliqqa olingan” yoshlar bilan ishlash masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar batafsil ko‘rib chiqilib, kamchilik va muammolarga tanqidiy baho berildi.

Tanqidiy ruhda o'tgan yig'ilishda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ta’lim va mehnat bozoriga faol jalb etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Shu bilan birga kun tartibidagi masala bo'yicha har bir mutasaddi rahbar shaxsan mas’ul ekani qat’iy ta'kidlandi.
 

 
 
13-Sentabr, 2025-yil 18:42 |