SHAHAR RAHBARINING NAVBATDAGI MANZILI KO‘L MAHALLASI BO‘LDI
Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov Ko‘l mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari bilan tanishdi.
Jumladan, mahalla aholisi uchun qurilayotgan qo‘shimcha mahalla binosining qurilish jarayoni ko‘zdan kechirilib, ishlar sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida hududdagi futbol maydonini zamonaviylashtirish masalasiga to‘xtalindi.
Shu bilan birga, mahalla hududidan oqib o‘tuvchi ariqda olib borilayotgan tozalash va obodonlashtirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratildi. Mazkur ishlar aholi uchun qulay va ekologik jihatdan sog‘lom muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Yangiliklar
25-Mart, 2026-yil
25-Mart, 2026-yil