SHAHAR RAHBARI YANGIDAN BARPO ETILAYOTGAN BOG‘DAGI ISHLAR BILAN TANISHDI
Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov O‘zbekiston va Bobur Mirzo ko‘chalari oralig‘ida barpo etilayotgan “Bolalar va yashil jamoat parki”da qurilish ishlarining so‘nggi bosqichi bilan tanishdi.
5,4 gektar maydonni qamrab olgan mazkur zamonaviy bog‘ hududida nuroniylar choyxonasi, turli sport va sog‘lomlashtirish maydonlari, shaxmat va shashka to‘garaklari tashkil etilmoqda. Shuningdek, bog‘ga yuzga yaqin o‘rindiq va shiyponchalar o‘rnatilib, hudud manzarali daraxtlar bilan bezatilyapti.
Shahar rahbari qurilish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, hududni yanada obod va aholi uchun qulay maskanga aylantirish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berdi.
19-Fevral, 2026-yil 10:44 |
Yangiliklar
Shahar Rahbari Yangidan Barpo Etilayotgan Bog‘Dagi Ishlar Bilan Tanishdii
19-Fevral, 2026-yil
“Samarqandshahargaz” Gaz Ta’Minoti Bo‘Limiga Yangi Rahbar Tayinlandii
18-Fevral, 2026-yil