Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SHAHAR RAHBARI MINGTUT MAHALLASIDAGI MUAMMOLARNI JOYIDA O‘RGANDI

Shahar rahbari Mingtut mahallasidagi muammolarni joyida o‘rgandi

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov aholi murojaatlari va hududlardagi dolzarb masalalarni o‘rganish maqsadida Mingtut mahallasida bo‘ldi.

Unda mahallaning mavjud infratuzilmasi, ijtimoiy sharoitlari va obodonlashtirish ishlari atroflicha tahlil qilindi. Xususan, aholi va mahalla xodimlari uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida qo‘shimcha zamonaviy mahalla markazi binosini barpo etish masalasi ilgari surildi.

Shuningdek, hududdagi ichki yo‘llarning holati, tungi yoritish tizimlari, piyodalar harakati uchun mo‘ljallangan yo‘laklar hamda obodonlashtirish ishlarining bugungi ahvoli ko‘rib chiqildi.

Shahar rahbari mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, rejalashtirilgan loyihalarni sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatma berdi.

 
 
25-Mart, 2026-yil 13:02 |