SHAHAR KUNIGA KELGAN DASTLABKI MEHMONLAR BILAN RASMIY UCHRASHUVLAR BOSHLANDI
18 oktyabr—Samarqand shahri kuni munosabati bilan shaharga bir nechta davlatlarning shaharlaridan delegatsiya kelishi ko‘zda tutilgan.
Do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va hamkorlik aloqalarini yanada yaxshi yo‘lga qo‘yish, kelishuvlarga erishish maqsadida taklif etilgan shaharlardan Xitoyning Xanchjau va Lanchjau, Rossiyaning Ryazan hamda Belarussiyaning Bobruysk va Omanning Maskat shahridan delegatsiya shahrimizga yetib keldi.
Shuningdek, Tojikistonning Panjakent shahridan mehmonlar kelishi ko‘zda tutilgan.
Bugun Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov bilan Xanchjoudagi Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashining shahar qo‘mitasi rahbari Ma Veyguang boshchiligidagi delegatsiyani uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki shahar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, fan va ta’lim, turizm sohasi kabi masalalar bo‘yicha aloqalarni o‘rnatish masalasi muhokama etildi.
Tadbirda shaharlar o‘rtasida do‘stona aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha Anglashuv bayoni imzolandi.
Yangiliklar
21-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
19-Noyabr, 2024-yil