Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SHAHAR KENGASHI SESSIYASIDA

Shahar Kengashi sessiyasida

 

Sessiyada Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov joriy yilning to‘qqiz oyida shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitilmoqda.

Shahar hokimining qayd etishicha, bugungi islohotlarning asosiy mazmuni ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘lib, o‘tgan 9 oy davomida 41,1 ming ishsiz aholining bandligi ta’minlandi. Natijada, ishsizlik darajasi yil boshidagi 5,2 %dan 3,9 % ga qisqardi.

Bunda asosan, investisiya loyihalarini ishga tushirish  hisobiga 2,8 ming, tadbirkorlikni rivojlantirishda 35,3 ming, qishloq xo‘jaligida 231 ta va qurilishda 
2,6 ming nafar aholi bandligi ta’minlandi.

Ishsiz aholini kasb-hunarga o‘qitishning vaucher tizimi asosida (xohlagan o‘quv markazida bepul o‘qitish) 2,6 mingdan ortiq aholi 21 turdagi kasb-hunar va xorijiy tilga o‘qitildi va bandligi ta’minlandi.

 
 
20-Noyabr, 2025-yil 10:47 |