SHAHAR HOKIMLIGI MAJLISLAR ZALIDA XALQ DEPUTATLARI SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YETTINCHI CHAQIRIQ, SAKKIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI. SESSIYANI KENGASH KOTIBIYAT MUDIRI FARMON OCHILOV OLIB BORDI

Deputatlar olib borish va kun tartibini tasdiqlab olgach, belgilangan masalalarni muhokama qilishdi.
Xususan, shahar ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i B.Xamrayev hamda favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Fayzulloyevlarning 2024-yil davomidagi faoliyati yuzasidan hisobotlari tinglandi.
Sessiyada Xalq deputatlari shahar Kengashi sessiyalarida hududiy davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitishning namunaviy tartibi ham tasdiqlandi.
Sessiya davomida «O‘zbekiston jamoat binolarida energiya samaradorlik – Ta’mirlash kredit dasturi» loyihasi konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida masala ham ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Xalq deputatlari shahar Kengashi huzurida ekspert guruhi tashkil qilindi.
Muhokamalar davomida Kengash so‘rovi, mahalliy Kengash deputati tomonidan deputat so‘rovini yuborish hamda deputatlar tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berish tartiblari tasdiqlandi.
Ko‘rib chiqilgan shu va boshqa masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Yangiliklar
17-Fevral, 2025-yil
17-Fevral, 2025-yil
14-Fevral, 2025-yil
14-Fevral, 2025-yil