Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

SHAHAR HOKIMLIGI JAMOASI "SHAROF RASHIDOV YODGORLIK MUZEYI"DA BO‘LDI

Shahar hokimligi jamoasi "Sharof Rashidov yodgorlik muzeyi"da bo‘ldi

 

Davlatimiz rahbari tomonidan doimiy ravishda turizmni rivojlantirish, bu borada amalga oshirish mumkin bo‘lgan barcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahalliy va xorijiy sayyohlarni keng qamrab olish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishlari o‘tkazib borilyapti. 

Xususan, yurtimizda ichki turizm hamda turizm yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojantirish maqsadida Samarqand shahridagi Registon maydonida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi asosida tashkil etilgan yarmarka ham bunga misoldir.

Shunga ko‘ra, Samarqand shahar hokimligi jamoasi Qurbon hayiti munosabati bilan berilgan bayram ta’tilidan foydalanib, ichki turizmga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida Jizzax viloyatining diqqatga sazovor joylarida bo‘lmoqda. 

Ayni paytda hokimlik xodimlari "Sharof Rashidov yodgorlik muzeyi" bilan tanishyapti.

 

 
 
17-Iyun, 2024-yil 10:48 |