SHAHAR HOKIMINING XORVATIYA DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUVI BO‘LDI
Ayni kunlarda Samarqand shahrida bo‘lib turgan Xorvatiya Respublikasi Parlamentining “Xorvatiya–O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi rahbari Ivan Malenisa boshchiligidagi delegatsiyaning shahar hokimi Fazliddin Umarov bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Xorvatiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Janob Refik Shabanovich ham ishtirok etgan uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish, ayniqsa turizm sohasida tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Samarqandning boy tarixiy merosi va zamonaviy infratuzilmasi hamda Xorvatiyaning sayyohlikni rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari haqida so‘z bordi.
Yangiliklar
19-Fevral, 2026-yil
18-Fevral, 2026-yil