Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SHAHAR HOKIMI TEXNIKUMDA YOSHLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR BILAN TANISHDI

SHahar hokimi texnikumda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan.

Shu munosabat bilan Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida bo‘lib, muassasada yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi va ular bilan muloqot qildi. Yoshlarning ta’lim sifati, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga to‘xtalindi.

Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

 
 
26-Mart, 2026-yil 12:36 |