Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SHAHAR HOKIMI TADBIRKOR TAKLIFINI JOYIDA O‘RGANDI

Shahar hokimi tadbirkor taklifini joyida o‘rgandi

 

Samarqand shahri hokimi Fazliddin Umarovning tadbirkorlar bilan bo‘lgan uchrashuvida Adolat mahallasida yashovchi fuqaro Zarrux Boboyev o‘z tashabbusi bilan mahalla hududidan yer ajratish va muddatli foydalanish evaziga yangi mahalla binosi qurishga ruxsat so‘ragandi.

Hokim mazkur masalani joyiga chiqib o‘rgandi. Mas’ullar ishtirokida loyihaning ahamiyati, mahalla ahli uchun yaratiladigan qulayliklar va binoning faoliyat yo‘nalishlari muhokama qilindi. 

Mutaxassislar ishtirokida masalaning mohiyati va qurilish imkoniyatlari o‘rganilib, navbatdagi ishlar yuzasidan kelishib olindi.
 

 
 
27-Fevral, 2025-yil 15:11 |