SHAHAR HOKIMI QORASUV MASKANIDA BO‘LDI

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov mas’ullar ishtirokida Qorasuv maskanidagi obodonlashtirish ishlari, ko‘p qavatli uylar, yo‘llar, dam olish maskanlari va bolalar maydonchalari holatini ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, hokim yangi shaharchadagi ijtimoiy soha ob’yektlarida ham bo‘ldi. Xususan, yaqin kunlarda faoliyatini boshlashi 1-sonli tug‘uruqxona hamda 82-maktabdagi qurilish va pardozlash jarayonlari bilan tanishib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berdi.
Shahar rahbari so‘zida odamlar yangi shaharning imkoniyatlarini his qilishi, o‘quvchilar esa zamonaviy maktab va sifatli ta’lim bilan ta’minlanishi lozimligiga to‘xtaldi.
13-Mart, 2025-yil 15:34 |
Yangiliklar
Shahar Hokimi Qorasuv Maskanida Bo‘Ldii
13-Mart, 2025-yil
Temiryo‘L Vokzali Atrofida Yangi Dam Olish Hududi Tashkil Etiladii
13-Mart, 2025-yil
Yangi Bahor – Yangi Fayz!i
12-Mart, 2025-yil