Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SHAHAR HOKIMI MAHALLALARDAGI MUAMMOLARNI JOYIDA O‘RGANMOQDA

Shahar hokimi mahallalardagi muammolarni joyida o‘rganmoqda

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov Nafosat mahallasida bo‘lib, hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishga qaratilgan dolzarb masalalarni joyida o‘rgandi.

Hokim mahalla xodimlari va aholi uchun qulay, zamonaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadida qo‘shimcha mahalla markazi binosi qurish masalalariga to‘xtaldi. Shuningdek, mahalla yo‘llarining holati, tungi yoritish tizimlari, piyodalar yo‘laklari hamda obodonlashtirish ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. 

Shahar rahbari mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, rejadagi ishlarni sifatli hamda qisqa muddatlarda amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar belgilab berdi.

 
 
23-Fevral, 2026-yil 15:58 |