Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SHAHAR HOKIMI MADANIYAT MAHALLASIDA BO‘LDI

Shahar hokimi Madaniyat mahallasida bo‘ldi

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov shahar hududlaridagi obodonlashtirish ishlari, tozalik va fuqarolar uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishishni davom ettirmoqda.

Bugun hokim bir guruh mas’ullar hamrohligida Madaniyat mahallasida bo‘lib, hududdagi tozalik holati, yashil maydonlarning saqlanishi, chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqilishi, yoritish tizimlari va yo‘l holatini joyida o‘rgandi.

Hokim mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning muammo va takliflarini tingladi. Ayrim masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Shahar rahbari har bir mahalla — bu shaharning yuzi, shu bois aholi bilan hamjihatlikda tozalikni saqlash, yashil hududlarni ko‘paytirish va qulay muhit yaratish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilishini ta’kidladi.
 

 
 
7-Oktabr, 2025-yil 19:13 |