Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SHAHAR HOKIMI JAZONI IJRO ETISH MUASSASASIDAGI YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

Shahar hokimi jazoni ijro etish muassasasidagi yoshlar bilan uchrashdi

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov jazoni ijro etish kalonyasida saqlanayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. 

Unda hokim yoshlar tomonidan o‘rganilayotgan durodkorlik, santexnik va elektr payvandlash ishlari bilan tanishib, ularning faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

Uchrashuvda yoshlar o‘z taklif va muammolarini bildirdi. Shuningdek, shahar hokimi tomonidan kitobxonlikni rivojlantirish va bilim olishni rag‘batlantirish maqsadida yosh mahkumlarga hokimlikning tashakkurnoma va kitoblari topshirildi.

 
 
6-Mart, 2026-yil 14:02 |