SHAHAR HOKIMI 20-MAKTABNING “BIRINCHI QO‘NG‘IROQ” TADBIRIDA QATNASHDI
Samarqand shahridagi 83 ta umumta’lim maktabida “Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, Birlashsak-Vatanmiz” shiori ostida Birinchi qo‘ng‘iroq tadbirlari o‘tkazildi.
SHahardagi 20-maktabda o‘tkazilgan tadbirda shahar hokimi Fazliddin Umarov ishtirok etib, o‘qituvchi va o‘quvchilarni Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi va yangi o‘quv yili boshlanishi bilan tabrikladi.
Shahar hokimi o‘quvchilarni sharoitlardan samarali foydalanib, fanlarni puxta o‘zlashtirishga, Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan insonlar bo‘lib yetishishga chaqirdi.
Tadbirda 1-sinfga qadam qo‘ygan bolajonlarga 12 turdagi o‘quv quroli, sumka, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alarini topshirdi.
Shuningdek, hokimi o‘rinbosalari, shaharlar sektor rahbarlari hamda korxona va tashkilot rahbarlari ham maktablarda o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etib, “Mustaqillik darsi”ni o‘tdi.