Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

SHAHAR AHOLISI TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZILDI

Shahar aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

 

Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi, “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan mahallalar aholisi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish borasida ishlar olib borilyapti. 

Xususan, Yangi Hayot, Geologlar, Alizoda, Bog‘ishamol, Ilmobod, Shodlik, Marhabo, Xo‘ja Soat, Sattepo hamda Bog‘iston va boshqa mahallalar aholisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ko‘rik davomida 881 nafar aholi qatnashdi va ularning 281 nafarida turli kasalliklar aniqlanib, 236 nafariga ambulator tavsiyalar, 10 nafariga stasionar sharoitda davolanishga yo‘llanma hamda 68 nafariga dori-darmonlar berildi.

Shuningdek, 9 nafariga stasionar sharoitda davolanishga yotqizildi 
va 1 nafariga davolanish uchun Respublika ixtisoslashirilgan Bolalar Milliy markaziga yo‘llanma berildi.

Aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish reja-grafik asosida 25 yanvarga qadar amalga oshiriladi.

 
 
20-Yanvar, 2025-yil 16:51 |