SHAHAR HOKIMINING TOJIKISTONNING O‘ZBEKISTONDAGI FAVQULODDA VA MUXTOR ELCHISI BILAN UCHRASHUVI BO‘LDI
Samarqand shahar hokimligida shahar hokimi Fazliddin Umarovning Tojikistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmanzoda bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Samarqand shahrida mehmon bo‘lib turgan elchi uchrashuvda dastavval, shahar rahbarini hokimlikdagi faoliyatiga omadlar tiladi. Suhbat davomida tomonlar o‘zaro kelgusidagi savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va turizm sohasida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha fikr almashdi. Shuningdek, muzokarada shahardagi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar bilan hamkorlikda qo‘shma korxonalar tashkil etish, eksport va import yo‘nalishida yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish kabi qator masalalar haqida ham so‘z bordi.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
Yangiliklar
21-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
19-Noyabr, 2024-yil