SAMARQANDLIK TADBIRKORLARGA DAVLAT MUKOFOTLARI VA "FAOL TADBIRKOR" KOʻKRAK NISHONI TOPSHIRILDI

"20-avgust - Tadbirkorlar kuni" munosabati bilan mamlakatimiz Prezidenti tomonidan bir guruh tadbirkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida 14 nafar samarqandlik tadbirkorlar ham bor.
Jumladan, Samarqand shahridagi "STD Health Med" mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Nasimjon Komilov "Shuhrat" medali bilan, Samarqand tumanidagi "ASIA CARPET TEXTILE" mas’ulyati cheklangan jamiyati bosh direktori Firuz Ganiyev, Samarqand shahridagi “YEC GILAM” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori Muhriddin Zayniyev, Pastdarg‘om tumanidagi “Qudrat zamin durdonasi” fermer xo‘jaligi raisi Qudrat Ilmurotov, Samarqand shahridagi “Prime Ceramics” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Mariya Kazakova, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi "Nurli Miyonko‘l" fermer xo‘g‘jaligi rahbari Abdunabi Karimov, Urgut tumanidagi "GARDENCELLS" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Sunnatilla Norov, Samarqand shahridagi "Enjoy Fly" mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Alisher O‘rolov, Narpay tumanidagi “Agro Gold Spring” fermer xo‘jaligi rahbari Shohzodzon Xushiyev, Bulung‘ur tumanidagi “SAMARKAND GARDEN PLAST" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Azizbek Yusubayev, Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi "MEGANUT FOOD DRIED FRUITS IMPORT EXPORT LTD" xorijiy korxonasi direktori Baxtiyor Yalgashevlar "Faol tadbirkor" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.