Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SAMARQANDLIK O‘QITUVCHILARGA MUKOFOTLAR TOPSHIRILDI

Samarqandlik o‘qituvchilarga mukofotlar topshirildi

Samarqand shahridagi "Yoshlar markazi" binosida  Prezidentimizning "O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga ko‘ra, bir guruh samarqandlik o‘qituvchilarga davlat mukofotlari topshirildi. 

Tadbirda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev  barcha ustoz-murabbiylarni samimiy tabriklab, ularning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. 

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Samarqand viloyatida ham mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi zamonaviy maktablar va bog‘chalar  barpo etilmoqda. 

- Amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami keng, hali bu yo‘nalishda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ham ko‘p. Birgalashib taʼlim sifatini  oshirib borsak, albatta yetuk, barkamol avlodni shakllantirgan bo‘lamiz - dedi Adiz Boboyev.

 
 
15-Sentabr, 2025-yil 9:08 |