SAMARQANDDA NOQONUNIY QURILMALARNI ANIQLASH VA BUZISH BO‘YICHA REYD TADBIRLARI OLIB BORILMOQDA

Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan sohada qonun ustuvorligini ta’minlash, shaharsozlik normalariga rioya etilishini nazorat qilish hamda yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash holatlarining oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Navbatdagi reyd tadbirlari Samarqand shahrining “Mingtut” mahallasida joylashgan, “Gagarin” ko‘chasidagi 95-sonli ko‘p qavatli uy-joy hovlisida o‘tkazildi. O‘rganish davomida ushbu manzilda noqonuniy ravishda qurilgan qo‘shimcha qurilma mavjudligi aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu qurilma ko‘p qavatli uyning tutash hududida, tegishli ruxsatnomalarsiz va shaharsozlik qoidalariga zid holda barpo etilgan. Inspeksiya xodimlari tomonidan mulkdorga holat yuzasidan huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.
Olib borilgan muloqot va tushuntirishlar natijasida uzunligi 15 metr, eni 2,5 metr bo'lgan noqonuniy qurilma ixtiyoriy ravishda buzib olinmoqda.
Shu o‘rinda yurtdoshlarimizni shaharsozlik qonunchiligiga qat’iy rioya etishga, yer uchastkalari va umumiy foydalanishdagi hududlarni o‘zboshimchalik bilan egallamaslikka chaqirib qolamiz.
Yangiliklar
14-Oktabr, 2025-yil
14-Oktabr, 2025-yil
13-Oktabr, 2025-yil
10-Oktabr, 2025-yil