SAMARQANDDA NOQONUNIY QURILMALAR BARTARAF ETILMOQDA

Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan hududlarda rejali nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi o‘rganishlar jarayonida Samarqand shahrining Qorasuv massivida joylashgan “Shodiyona” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli 186-sonli ko‘p qavatli uy old tomoni fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingani va u yerda noqonuniy ravishda naves (soyabon) qurilgani aniqlandi.
Shuningdek, massivdagi “Bahodir Yalang‘tosh” mahallasidagi 118-sonli ko‘p qavatli uy oldida ham ayrim fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan naves va zinapoyalar qurilgani, umumiy foydalanishda bo‘lishi lozim bo‘lgan ko‘p qavatli uyga tutash maydonlar noqonuniy ravishda o‘zlashtirilgani ma’lum bo‘ldi.
Inspeksiya tomonidan aniqlangan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Jumladan, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, noqonuniy qurilmalar ixtiyoriy ravishda demontaj qilindi.
Tadbirlar davomida jamoat yerlari barcha fuqarolar uchun teng va erkin foydalanilishi kerakligi, ularni o‘zboshimchalik bilan egallash amaldagi qonunchilik normalariga mutlaqo zid ekanligi alohida ta’kidlandi.
❗️Hududlarda nazorat tadbirlari belgilangan tartibda davom ettirilmoqda.
Yangiliklar
14-Oktabr, 2025-yil
14-Oktabr, 2025-yil
13-Oktabr, 2025-yil
10-Oktabr, 2025-yil