SAMARQANDDA JAHON BANKI BILAN HAMKORLIKDAGI FAZOVIY MAʼLUMOTLAR LOYIHASI BO‘YICHA UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF–16-son Farmoniga muvofiq, 2025–2030 yillarda amalga oshiriladigan “Hududlarni barqaror rivojlantirish uchun fazoviy maʼlumotlar infratuzilmasi” loyihasi doirasida Jahon bankining birinchi missiya tashrifi davom etmoqda.
💻 11–21 noyabr kunlari o‘tayotgan missiya doirasida joriy yil 18 noyabr kuni Samarqand shahri hokimiyatida Jahon banki ekspertlari, Samarqand shahri hokimi Fazliddin Umarov hamda Kadastr agentligi rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📈 Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🔘 Samarqand shahrida geoportal yaratish
🔘 LIDAR texnologiyasi orqali 3D maʼlumotlar yig‘ish
🔘 Shahar bo‘yicha 3D xaritalar tayyorlash
🔘 Ko‘chalarni manzillash jarayonini takomillashtirish
🔘 Hokimlik tarkibida geofazoviy maʼlumotlar bo‘limini tashkil etish va mutaxassislar tayyorlash
☑️ Loyiha, mamlakatimizda fazoviy maʼlumotlar infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek barqaror hududiy rivojlanishni ta’minlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Jahon banki delegatsiyasi:
Mohamed Nada – loyiha rahbari, shaharsozlik bo‘yicha bosh mutaxassis
Laura Diniz – loyiha hamrahbari
Saulius Urbana – konsultant
Guillermo Velasco – konsultant
Kadastr agentligi vakillari:
Mirsaid Mirmaksudov – direktor o‘rinbosari
Sherzod Zokirov – boshqarma boshlig‘i
Mirsaid Sodikov – loyiha guruhi rahbari
Loyiha guruhi xodimlari