SAMARQANDDA HASHAR BOSHLANDI
Davlatimiz mustaqilligining 33 yillik bayramini nishonlashga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilayotgan ikki kunlik umumxalq xayriya hasharida viloyatimiz aholisi ham faol ishtirok etmoqda.
Hashar davomida mahallalar, aholi turar-joylari, xiyobon, ziyoratgoh, qabriston, bolalar maydonchalari va boshqa hududlar obodonlashtiriladi, daraxtlar oqlanib, parvarishlanadi.
Jumladan, Samarqand shahridagi Qir mahallasida hashar erta tongdan boshlandi. Kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtojlar holidan xabar olindi.
- Mahallamiz ko‘chalari doim saranjom bo‘ladi, tozalikka alohida e’tibor beramiz, - deydi mahalla raisi Mamatqul Boltayev. - Hashar xalqimizni yanada hamjihat, faol bo‘lishga, yoshlarni milliy an’analarimizga o‘rgatmoqda. Xayriya ham uning ajralmas qismi.Bugun 2-sektor rahbari va tadbirkorlarimiz ko‘magi bilan bir nafar kam ta’minlangan oilaning xonadoni ta’mirlanib berilyapti.
Yangiliklar
21-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
19-Noyabr, 2024-yil