Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SAMARQAND VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASI TOMONIDAN “XARID CHEKI OLISHNI UNUTMANG!” TARG‘IBOT AKSIYASI O‘TKAZILDI

Samarqand viloyati soliq boshqarmasi tomonidan “Xarid cheki olishni unutmang!” targ‘ibot aksiyasi o‘tkazildi

Tadbirda yoshlar,soliq xodimlari va mahalla faollaridan iborat targ‘ibot guruhlari xarid cheki talab qilib olishning ahamiyati va xarid cheki berilmasa tadbirkorga nisbatan qo‘llaniladigan choralar to‘g‘risidagi targ‘ibot materiallarni tarqatishdi

Savdo jarayonida muhim bo‘lgan bir shart aksariyat hollarda esdan chiqadi yoki umuman e’tiborga olinmaydi.Bu xarid qilingan mahsulot uchun nazorat-kassa mashinasi chekini olish. Aksiya davomida aholi va tadbirkorlarga shu haqida batafsil ma’lumot berildi.

Do‘kondan mahsulot xarid qilgandan so‘ng olinadigan chek: 

✅ sotuvchining mahsulot sifati bo‘yicha mas’uliyatini oshiradi;
✅ mahsulotni qayta topshirish yoki almashtirishga imkon beradi;
✅qilingan daromaddan davlat budjetiga soliq tushumini ta’minlaydi;
✅har xil noqonuniy pul aylanishlarining oldini oladi.

 
 
1-May, 2025-yil 10:27 |