Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SAMARQAND VILOYATI IIBGA YANGI RAHBAR TAYINLANDI

Samarqand viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi

Samarqand viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi ichki  ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov va Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Aripov Tohir To‘lqunovich Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangani ma’lum qilindi.
Mazkur tayinlovga qadar Tohir Aripov  Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Haydarov Ne’matilla Ibragimovich viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Yig‘ilishda Ichki ishlar vaziri Samarqandda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish va barvaqt aniqlash, "Xavfsiz mahalla", "Xavfsiz shahar" tamoyillarini hayotga tatbiq etishda soha xodimlari oldida turgan vazifalarni belgilab berdi.

 
 
31-Iyul, 2025-yil 11:29 |