Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SAMARQAND VILOYAT HOKIMI VA PROKURORINING QO‘SHMA FARMOYISHIGA ASOSAN YASHIRIN IQTISODIYOTGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH SAMARQAND SHAHRIDA HAM FAOLIYATINI DAVOM ETTIRMOQDA.

Samarqand Viloyat hokimi va prokurorining qo‘shma farmoyishiga asosan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha ishchi guruh Samarqand shahrida ham faoliyatini davom ettirmoqda.

📌 Samarqand shahrida ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan xatlov jarayonida quyidagi holatlar aniqlandi:

🏢 Sharq sanoat konserniga tegishli bino - 2025-yil may oyidan kadastr ma’lumotlar bazasida mulk huquqi rasmiylashtirilgan bo‘lsa-da, soliq organlariga hisobot topshirilmagani sababli byudjetga 80 mln so‘m soliq hisoblanmasdan qolgan. O‘rganish jarayonida kamchilik joyida to‘liq bartaraf etildi.

🌱 “Shohrux Fortuna Servis” MCHJga tegishli 2 gektar yer maydoni (Samarqand shahri, Xishrav qo‘rg‘oni hududida) 2024–2025-yillar uchun yer solig‘i ataylab topshirilmaganligi aniqlanib, natijada 360 mln so‘m soliq hisoblanmasdan qolgan.

👉 Xatlov davomida aniqlangan bunday holatlar bo‘yicha qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rilmoqda.

 
 
17-Sentabr, 2025-yil 13:54 |