SAMARQAND VA SIAN SHAHRI O‘RTASIDA IQTISODIY ALOQALAR YO‘LGA QO‘YILADI
Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahar partiya Ko‘mitasi kotibi Fan Xunvey boshchiligidagi delegatsiya Samarqand shahriga tashrif buyurdi.
24-25 oktyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lgan delegatsiya a’zolarini shahar hokimining o‘rinbosari E.Rajabov Samarqand xalqaro aeroportida kutib oldi.
Samarqand shahrining qadimiy qadamjolari va diqqatga sazovor joylarida bo‘lgan mehmonlarning bugun shahar hokimi Fazliddin Umarov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv ikki shahar o‘rtasida savdo-iqtisodiy yo‘nalishlardagi hamkorlikni o‘rnatish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir yakunida "Samarqand va Sian shaharlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida" bayonini imzolash marosimi o‘tkazildi.
25-Oktabr, 2023-yil 9:06 |