SAMARQAND VA PUSAN SHAHRI O‘RTASIDAGI HAMKORLIK ALOQALARI YANADA KENGAYADI
Ayni paytda Mamlakatimizda bo‘lib turgan Koreya Respublikasining Pusan metropoliyasi shahar ma’muriyatining Xalqaro aloqalar va savdo departamenti direktori o‘rinbosari, Yangi shimoliy va janubiy siyosat bo‘limi boshlig‘i GU Yon-A boshchiligidagi delegasiya a’zolarining Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mehmonlarning tashrifidan maqsad Samarqand va Koreya Respublikasining Pusan shahri o‘rtasida do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash ko‘zda tutilgan.
Delegasiya a’zolari bilan bo‘lgan uchrashuvda shaharlar o‘rtasida fan va ta’lim, madaniy-gumanitar, savdo-iqtisodiy, turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. Muzokara yakuni bilan 2023 yilning sentyabr oyida Pusan shahar meri boshchiligidagi delegasiyaning Samarqand shahriga tashrifi va ushbu tashrif doirasida Memorandum imzlanishiga kelishib olindi.
Shuningdek, delegasiya a’zolari Samarqand Davlat Chet tillari instituti va Ipak Yo‘li Turizm Universitetiga ham tashrif buyurdi.
Mehmonlar uchun Samarqand shahrining qadimiy qadamjolari va diqqatga sazovar joylariga sayohat tashkil etildi.