Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

SAMARQAND VA PUSAN SHAHRI O‘RTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI

Samarqand va Pusan shahri o‘rtasida memorandum imzolandi

Koreya Respublikasining Pusan shahri hokimini iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Li Song Kvon boshchiligidagi delegatsiya ayni paytda Samarqand shahrida bo‘lib turibdi. 

Bugun shahardagi Yoshlar markazida delegatsiya a’zolari bilan Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Unda Samarqand va Pusan shahri o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari haqida so‘z bordi. Shuningdek, uchrashuvda shaharlar o‘rtasida fan va ta’lim, savdo-iqtisodiy, turizm yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kuchaytirishga to‘xtalindi. 

Uchrashuvda Samarqand-Pusan shaharlari o‘rtasida "Do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish" Memorandum imzolash (Bu haqida oldinroq xabar bergandik) marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Mehmonlar ishtirokida joylarda bir qator hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazilishi va ular uchun qadimiy qadamjolar va diqqatga sazovar joylarga sayohat tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

 
 
29-Avgust, 2023-yil 13:37 |