SAMARQAND VA KYONGJU SHAHRI O‘RTASIDA IQTISODIY ALOQALAR YO‘LGA QO‘YILADI
Ayni paytda Samarqand shahrida bo‘lib turgan Janubiy Koreyaning Kyongju shahri meri o‘rinbosari Kim Sung Hag boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining shahar hokimi Fazliddin Umarov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Hokim uchrashuv davomida mehmonlarga Samarqand shahrida olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari va shaharga oid qator masalalar haqida gapirdi.
Uchrashuvda fan, ta’lim, madaniyat va turizm yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasiga alohida to‘xtalinib, savdo-iqtisodiy aloqalarni ham yo‘lga qo‘yish kerakligi ta’kidlandi.
Mehmonlar ishtirokida joylarda bir qator hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazilishi va qadimiy qadamjolar va diqqatga sazovar joylarga sayohat tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar
25-Dekabr, 2024-yil
25-Dekabr, 2024-yil
25-Dekabr, 2024-yil