Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

"SAMARQAND TARIXI" VA "NAJOT TA’LIMDA, NAJOT TARBIYADA, NAJOT BILIMDA"

"Samarqand tarixi" va "Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot bilimda"

 

Bugun Samarqand shahar hokimligida shu mavzularda tashkil etilgan o‘quv-seminarida Juma – milliy liboslar kuni munosabati bilan hokimlik xodimlari milliy libosda ishtirok etdi.

Unda Samarqand Davlat universitetining "Samarqand tamadduni" tarixi kafedrasi mudiri, dotsent Sherbek Ravshanov mazkur mavzular bo‘yicha axborot berdi. 

Seminarda Samarqand tarixi – shaharning qadimiy sivilizatsiya markazi sifatidagi o‘rni, turli davrlardagi taraqqiyoti, madaniy va ilmiy merosi haqida ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida mavzu yuzasidan videorolik ham namoyish etildi va ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

 
 
28-Fevral, 2025-yil 15:44 |