Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SAMARQAND SHAHRIGA YANGI PROKUROR TAYINLANDI

Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi

Viloyat prokurori Murodqosim Eshnazarov va Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat prokurori ko‘p yillar shahar prokurori bo‘lib faoliyat olib borgan Boburmirzo Oblaqulov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Samarqand shahar prokurori etib tayinlangan adliya maslahatchisi Baxtiyor Ismatullayevich Normatovni jamoaga tanishtirdi.

Eslatib o‘tamiz, B.Normatov tayinlovga qadar Narpay tuman prokurori vazifasida faoliyat yuritgan.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.

 
 
22-May, 2025-yil 17:51 |