SAMARQAND SHAHRIDAGI YOSHLAR MARKAZIDA O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING VILOYAT KENGASHI TOMONIDAN “RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” BO‘LIB O‘TDI.
Tadbirda kasaba uyushmalari viloyat Kengashining apparat xodimlari hamda tarmoq kasaba uyushmalari raislari, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi xodimlar, mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar yetakchilar hamda faol yoshlar ishtirok etdilar.
Ushbu tadbir kasaba uyushmalari tizimining yoshlar bilan muloqotini yanada kuchaytirish, yosh avlodni kasaba uyushmalari faoliyati va vazifalari bilan yaqindan tanishtirishga qaratildi.
Tadbirda viloyat Kengashi raisi Suxrob Rafikov bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik tarixi, kasaba uyushmalarining asosiy maqsad va vazifalari, ularning xodimlar manfaatlarini himoya qilishdagi roli hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishdagi faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berib Yoshlar ishlari boshqarmasi bilan imzolanadigan memorandumning maqsadi va vazifalarini haqida alohida ta’kidlab, jumladan shunday dedi
Memorandumni imzolashdan maqsad mamlakatimizda yoshlarni ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularni ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirishdagi hamkorlikni oshirish, shuningdek yoshlarni ona-Vatanga, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda hamda kasaba uyushmalari tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat olib borayotgan yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirishdan iborat.
Viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i D.Azizova memorandumning imzolanishi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnat huquqlarini himoya qilish hamda bandligini ta’minlash yo‘lida muhim qadam ekanini ta’kidladi. Ushbu hamkorlik doirasida yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini oshirish va ijtimoiy faolligini kuchaytirishga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirishga imkon yaratilishini ta’kidladi.
Tadbir davomida yig‘ilganlarga, “O‘zbekiston kasaba uyushmalari — kecha, bugun, ertaga” nomli tarixiy hujjatli filmi namoyish etildi.
Shuningdek, bir guruh faol yoshlarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari hamda Jizzax viloyatining Zomin tumaniga tashkil etiladigan ikki kunli sayohatlarda ishtirok etishi uchun sertifikatlar topshirildi.
Yangiliklar
29-Yanvar, 2026-yil
28-Yanvar, 2026-yil
28-Yanvar, 2026-yil