Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SAMARQAND SHAHRIDAGI YIRIK QURILISH VA REKONSTRUKSIYA LOYIHALARI O‘RGANILDI

Samarqand shahridagi yirik qurilish va rekonstruksiya loyihalari o‘rganildi

Bugun Bosh prokuror o‘rinbosari, Bosh prokuraturadagi Respublika qurilish shtabi rahbari S. Samadov boshchiligidagi mas’ullar guruhi Samarqand shahrida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi.

Tashrif davomida viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hududidagi Transplantalogiya va xirurgiya markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali qoshida skrining va reproduktiv salomatlik markazi binosini qurish, shuningdek, 250 qatnovli ayollar maslahatxonasini rekonstruksiya qilish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan birga, mas’ullar Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabi yotoqxonasi qurilishi va Rudakiy ko‘chasidan (Beruniy ko‘chasidan) Siyob bozorigacha bo‘lgan yo‘lni rekonstruksiya qilish (2-bosqich) loyihalarini o‘rgandi.
Tashrif davomida shahardagi «Beruniy» qozonxonasi va issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish jarayonlari ham tahlil qilindi.

Qurilish ishlari belgilangan muddat va yuqori sifat talablariga muvofiq bajarilishi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

 
 
27-Mart, 2025-yil 16:33 |