Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

SAMARQAND SHAHRIDAGI MAKTAB O‘QUVCHILARIGA YO‘L HARAKATI QOIDALARI O‘RGATILMOQDA

Samarqand shahridagi maktab o‘quvchilariga Yo‘l harakati qoidalari o‘rgatilmoqda

Yo‘llarda bolalar ishtirokidagi transport hodisalarini, shu kabi fojialarni oldini olish maqsadida, Samarqand shahridagi umumta'lim maktablarida o‘quvchilar uchun targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, bugun shahardagi 42-umumta'lim maktabida o‘quvchilarga Samarqand shahar IIO FMB JXX YHXB xodimlari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga amal qilish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha xodimlaridan batafsil javob olishdi.

 
 
25-Yanvar, 2023-yil 19:44 |