Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

SAMARQAND SHAHRIDAGI IPAK YO‘LI TURIZM VA MADANIY MEROS XALQARO UNIVERSITETIDA TASHKIL ETILGAN “YANGI O‘ZBEKISTONNING IBRATLI OILASI” KO‘RIK-TANLOVIDA TUMAN-SHAHAR BOSQICHLARIDA G‘OLIB BO‘LGAN OILALAR QATNASHDI.

Samarqand shahridagi Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tashkil etilgan “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovida tuman-shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan oilalar qatnashdi.

15- may Xalqaro oila kuni, qolaversa oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlovda turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.Unga ko‘ra:

1-o‘rin–M.Ibragimovlar oilasi (Samarqand shahri), bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida pul mukofoti, 1-darajali diplom,  

2-o‘rin– U.Mardonovlar oilasi (Kattaqo‘rg‘on tumani) BHMning 10 baravari miqdorida pul mukofoti, 2-darajali diplom,
 

3-o‘rin– Sh.Samadovlar oilasi (Payariq tumani) BHMning 7 baravari miqdorida pul mukofoti, 3-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Qolaversa, o‘ndan ortiq nonimatsiya g‘oliblariga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tanlovning turli bosqichlarida viloyatimizdagi namunali, ibratli 6 205 oila qatnashdi. 

 
 
16-May, 2023-yil 8:45 |