Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

SAMARQAND SHAHRIDAGI BO‘SH YER MAYDONLARIGA DARAXT KO‘CHATLARI EKILMOQDA

Samarqand shahridagi bo‘sh yer maydonlariga daraxt ko‘chatlari ekilmoqda

Bugun erta tongdan Samarqand shahar hokimligi hamda korxona va tashkilot xodimlari ishtirokida Qorasuv maskanidagi bo‘sh yer maydonlarini yashillashtirish maqsadida daraxt ko‘chatlari ekish boshlandi.  

Samarqand shahridagi yashil maydonlarni ko‘paytirish va fuqarolarning madaniy hordiq olishlari uchun tabiiy sharoitlarga ega bog‘ yaratish maqsadida bugunning o‘zida hududda 3000 to‘p manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ko‘zda tutilgan. 

Daraxt ekish tadbirlari shaharning ko‘plab bo‘sh yer maydonlarida tashkil etilmoqda.

Aytish o‘rinliki, shaharda mavsum davomida 550 mingdan ortiq daraxt ko‘chatini ekish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugun 10 mingta ko‘chat ekiladi.

Yashillashtirish tadbirlarida shahar hokimi Fazliddin Umarov ham ishtirok etmoqda.

 
 
11-Mart, 2023-yil 10:16 |