Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SAMARQAND SHAHRIDAGI 2-SON SPORT MAKTABIGA QARASHLI OG'IR ATLETIKA ZALI MUKAMMAL TA'MIRLANIB, FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI.

Samarqand shahridagi 2-son sport maktabiga qarashli og'ir atletika zali mukammal ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi.

  ​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​

Viloyat hokimi o'rinbosari H.Tuxtayev, viloyat sport boshqarmasi boshlig'i J.Nurmanov hamda mas'ullar zamonaviy qiyofa kasb etgan ushbu sport majmuasida bo'lib, sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 

Shuningdek, bugun mazkur majmuada sportning og'ir atletika turi bo'yicha viloyat chempionati musobaqasi o'tkazildi. 

Unda so'z olganlar "Tashabbusli budjet" mablag'lari hisobidan rekonstruksiya qilingan majmuada sportchilar uchun barcha sharoitlar yaratilganini ta'kidlab, kelgusida bu yerdan nufuzli musobaqalar g'oliblari yetishib chiqishiga ishonch bildirishdi.  

Musobaqa g'oliblari tashkiliy qo'mita tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

 
 
13-Fevral, 2026-yil 17:24 |